Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi- Fransiyada!

11:05, 11.03.2025      

10-mart kuni Parij vaqti bilan soat 9:30 da Fransiya poytaxtining Tadqiqotchilar va talabalar shaharchasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan IV “Science NEXT: yosh olimlar netvorkingi“ tadbiri boshlandi. Kunning ikkinchi yarmidan esa Parij shahridagi “Inter Continental Paris — Le Grand” mehmonxonasida “Ilm-fan va taʼlim: Oʻzbekiston – Fransiya koʻprigi” mavzusidagi qoʻshma konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Mazkur “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston-Fransiya ko‘prigi” konferensiyasining asosiy maqsadi ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, ayniqsa, ilmiy-texnik va ta’lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga qaratilgan. Ayni paytda mazkur anjumanda Fargʼona davlat universiteti rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov ham ishtirok etmoqda.