FarDU delegatsiyasining bugungi manzili XXRning eng yirik OTMlaridan biri Tianjin Universiteti bo‘ldi.
Universitet rektori bilan rasmiy uchrashuvda:
-TU tajribasi asosida FarDU kimyo laboratoriyasini takomillashtirish, ayni sohada Xitoy investitsiyalari asosida qo‘shma ilmiy grant loyihada ishtirok etish;
-2025/2026-o‘quv yilidan ishlab chiqarish va ta'lim sohalari uchun xitoy tilini o‘qitishni hamkorlikda joriy qilish va qo‘shma kafedra tashkil etish;
- FarDU talabalarini Tianjin yozgi o‘quv oromgohiga yuborish;
- Biologiya va kimyo yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta'lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
-Mavjud ta'lim yo‘nalishlari, mutaxassislik va ixtisosliklar bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli almashinuvlarni joriy qilish;
- Tianjin universitetida Markaziy Osiyo, shu jumladan O'zbekiston tarixini o‘qitish kabi muhim masalalar yuzasidan aniq va maqsadli kelishuvlarga erishildi. Tashrif davom etmoqda.