Ma’lumki, shu kunlarda FarDU delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davom etmoqda. Tashrifning navbatdagi manzili FarDUning asosiy hamkorlaridan biri hisoblanuvchi Taiyuan shahridagi Shansi arxeologiya instituti bo‘ldi. Uchrashuvning rasmiy qismida FarDU rektori B.Shermuhammadov nomidan SAI dierktori F.Zhengqianga "FarDU Faxriy professori" diplomi topshirildi.
Muzokaralar qismida:
2025-yil may oyida FarDUda Farg‘ona - Shansi arxeologiya markazini ochish va doimiy faoliyat yurituvchi arxeologik ko‘rgazmani tashkil qilish;
Mazkur markaz qoshida SAI investitsiyalari asosida 2 bosqichda (2025-2026) arxeologiya ilmiy laboratoriyasini tashkil qilish;
2025-yil iyun-avgust oylarida FarDUning arxeologiya va muzeyshunoslik ta'lim yo‘nalishidan 10 nafar talaba hamda 2 nafar tadqiqotchini SAI mablag‘lari hisobiga Taiyuanga o‘quv-ilmiy stajirovkaga yuborish kabi masalalar bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.
Bundan tashqari, FarDU laboratoriyasiga taqdim etiluvchi texnik jihozlar va o‘quv adabiyotlari reestri tuzib chiqilib, O‘zbekistonga jo‘natish muddatlari belgilandi.
Tashrif rejasiga muvofiq navbatda Henan provinsiyasidagi yetakchi OTM rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkaziladi.
Tashrifning navbatdagi manzili XXR va Henan provinsiyasining eng yirik hamda yetakchi oliygohi Zhengzhou universiteti bo‘ldi.
Hozirgi kunda 100 ming nafardan ortiq talaba tahsil oluvchi va 10 ming nafar o‘qituvchi faoliyat yurituvchi, 100 dan ortiq ilmiy, 250 ga yaqin zamonaviy o‘quv laboratoriyasi, 4 ta yirik xususiy shifoxonasi, 8 million adabiyotlarni jamlangan ulkan kutubxonasi mavjud bo‘lgan, Garvard va Oksford kabi yetakchi OTMlar bilan ilmiy loyihalar olib boruvchi ushbu TOP universitet rektori bilan uchrashuvda:
Uning Fizika va kimyo laboratoriyalarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda FarDU talabalarini 2025-2026-o‘quv yilidan ayni yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli almashinuvga ZU mablag‘lari hisobidan yuborish;
FarDU Ilmiy xabarlari jurnali"ni Scopus bazasiga kiritishga ko'maklashish;
XR investitsiyalari doirasida 2025-yil sentabr oyiga qadar Madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha ikki tomonlama grant loyihasini tayyorlash;
2025-2026-o‘quv yilidan kimyo va fizika ta'lim yo‘nalishlari (mutaxassisligi) bo‘yicha 2+2 va 1+1 qo‘shma ta'lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
Uning h-indeksi 10 dan yuqori bo‘lgan aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha mutaxassislarini FarDU "Fellow Professor"ligiga qabul qilish va universitet nomidan Scopus va Web of Science jurnallarida maqola e'lon qilish;
Uning rus tili ta'lim yo‘nalishi talabalarini FarDUda rus tilini bilish sertifikatini olishga yuborish kabi amaliy natijalar beruvchi aniq kelishuvlarga erishildi.
Tashrif davom etmoqda. Keyingi lokatsiya qadimiy Loyang shahri bo‘ladi.