Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Xitoy tashrifi davom etmoqda

15:06, 17.03.2025      


Dam olish kuni bo'lishiga qaramasdan FarDU delegatsiyasining XXRdagi tashrifi Loyang shahrida davom etmoqda.

Dastlabki uchrashuv asosiy hamkorlardan biri Loyang arxeologik tadqiqotlar institutida bo‘ldi.

Uchrashuvda:

ATI tomonida FarDUda joylashgan Farg‘ona - Loyang arxeologik tadqiqotlar markaziga 2025-yil may oyida taqdim etiluvchi laboratoriya jihozlari bilan tanishildi.

Mazkur laboratoriya tarixiy ashyolarni restavratsiya qilishga mo'ljallangan bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar va o‘quv jarayonida muhim ahamiyatga ega.

Muzokaralar jarayonida joriy yilning may - iyun oylarida "Quva sharistoni" arxeologik yodgorligida olib boriluvchi tadqiqotlar uchun LATI tomonidan 750 mln so'm investitsiya mab‘lag‘lari ajratilishiga erishildi.

Bundan tashqari, hamkorlikda "Quva sharistoni" yodgorligini Arxeologik parkga aylantirish bo‘yicha mega loyiha tayyorlash va amalga oshirish;

Arxeologiya ta'lim yo‘nalishining 6 nafar talabasini iyun oyida LATIga o‘quv amaliyotiga yuborish kabi muhim masalalarda kelishuvlarga erishildi.

Loyang tashrifi davom etmoqda, navbatda Henan provinsiyasining yirik tadbirkorlari hamda biznes doira vakillari bilan FarDUga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi.

Biznes doira vakillari va investorlar bilan uchrashuvda ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida FarDUga investitsiyalar jalb qilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Jumladan, Luoyang Junjiang Building material Science Co. Ltd. kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralarda:

FarDUning tuproqshunos, kimyogar va texnor olimlari bilan akkumulyatorlar tayyorlashda kislotabardosh toʻldirgich, tuproq tuzilishini yaxshilashda, oʻsimliklarning oʻsishini tezlashtiruvchi, qishloq xoʻjaligi hayvonlarining teri kasalliklarini davolashda antiseptik modda sifatida qoʻllaniluvchi Gumin kislotalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;

Yirik qurilishlarda ishlatiluvchi yuqori sifatli tez qotuvchi sement tayyorlash kichik korxonasini ochish masalalari ko'rib chiqildi.

Loyanlik yirik tadbirkor Shue Haiyang bilan muzokaralarda:

Investitsiyalar asosida "FarDU olimlar uyi" mehmonxonasini ochish va restoranlar tarmog'ini ishga tushirish bo‘yicha ikki tomon qiziqishlari va imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Tashrif davom etmoqda. Navbatdagi va shu bilan birga tashrifning so‘nggi manzili Sian shahridagi yetakchi oliygoh Shimoli-g‘arbiy universitet bo‘ladi.