FarDU delegatsiyasining Xitoydagi so'nggi manzili Sian shahridagi TOP oliygoh bo'lgan Shimoli-g‘arbiy universitet bo‘ldi.
Ishonchli hamkorimiz bilan muzokaralarda:
2025-yil avgust oyidan Arxeologiya O‘zbekiston - Xitoy qo‘shma kafedrasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
2025-2026-o‘quv yilidan yetakchi olimlarini FarDUga asosiy va o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish;
Botanika va dorivor o‘simlik yetishtirish sohalarida hamkorlik o‘rnatish;
Akademik almashinuv doirasida FarDU talabalarini NWUga 1 semesterga yuborish;
2025-2026-o‘quv yilidan Arxeologiya mutaxassisligi bo‘yicha 1+1, 2026-2027-o‘quv yilidan Arxeologiya ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 3+1 qo‘shma ta'lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi muhim masalalarda kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, rejadagi Arxeologiya qo‘shma kafedrasi o‘quv laboratoriyasini NWU investitsiyalari asosida 2 bosqichda tashkil etish shartnomasi hamda ta'lim yo‘nalishlari o‘quv rejalari bandma-band muhokama qilinib, tasdiq uchun tayyorlandi.