2025-yil 28-mart kuni soat 11:00 da Fargʻona davlat universiteti huzuridagi filologiya va pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar (13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasiva metodikasi (ingliz tili bo‘yicha) ning navbatdagi majlisi oʻtkaziladi.
KUN TARTIBI:
1.Mo‘minova Gulnoraxon Ibroximjon qizining 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz tili yo‘nalishi talabalarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishda multimodal matnlardan foydalanish texnologiyalari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertasiyasi muhokamasi.
Majlisga ilmiy seminar a’zolari va barcha mutaxassislar taklif etiladi.
Manzil: Fargʻona shahri, Al-Farg‘oniy 42-uy, Fargʻona davlat universiteti chet tillari fakulteti binosi.