Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Navroʼz tantanasi oliygohda davom etmoqda

12:16, 25.03.2025      


Shu kunlarda Farg'ona davlat universiteti boʼylab Navro'z bayrami fakultet jamoalari hamda talaba-yoshlar oʼrtasida keng nishonlanmoqda. Chet tillari fakultetida boʼlib oʼtgan bayram ham barchaga quvonch, baxtiyorlik ulashdi. Milliy qadriyatlar namoyishi, sumalak sayli va bahoriy kuy-qo'shiqlar Navro'zning chin ma'noda yoshlik, bahor tantanasi ekanligini ko'rsatdi. Tadbirda ishtirok etgan Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov jamoani bahoriy ayyom bilan samimiy tabrikladi. Mazkur bahoriy ayyom - Navroʼz tantanasi 6-sonli Talabalar turar joyida ham davom etdi. Tadbirda fayzli dasturxon yozilib, talaba-yoshlarga osh tarqatildi.