Farg'ona davlat universiteti KENGASHining 8- yig'ilishi bo‘lib o‘tdi
12:07, 27.03.2025
Bugun Farg'ona davlat universiteti KENGASHining 2025 yil 27- martdagi 8- yig'ilishi bo‘lib o‘tdi. Ayni daqiqalarda Farg'ona davlat universitetida oliygoh Kengashining VIII sonli yig'ilishi bo'lib o'tmoqda. Kengash avvalida ilmiy darajalar va unvonlarga erishgan bir guruh professor-o'qituvchilar munosib taqdirlandilar.
Yig'ilishning rasmiy qismi boshlanar ekan, kengash kun tartibida:
- - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi2025-yil 24-yanvar kungi PQ-26-son Qarori ijrosidan kelib chiquvchi vazifalar,
- - Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 5-mart kuni Korrupsiyaning oldini olish bo'yicha ishlar natijadorligi va kеlgusidagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan kеngaytirilgan yig'ilishda belgilangan ustuvor yoʼnalishlar,
- -Yoʼriqnoma hujjatlar ijrosi, bir qator tashkiliy masalalar hamda muhim tayinlovlar Kengash muhokamasida bo'ldi.
- Shuningdek, Prezidentimizning korrupsiyaning oldini olish bo'yicha o‘tkazilgan yig‘ilish bo‘yicha qator ko‘rsatmalar berib o‘tildi. Korrupsiyaga qarshi kurashda barchani birdamlikka chaqirgan oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov o‘z so‘zida “Fikri toza, korrupsiyaga toqatsiz avlodni tarbiyalash yo'lida zarur choralarni ishlab chiqish, yagona kuch bo'lib bu illatga qarshi kurashishimiz va unga jamiyatimiz tanasidagi saraton sifatida qarashimiz kerak, kurashimiz esa milliy harakatga aylanishi shart” ekanini ta’kidlab o‘tdi.
