Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​BOJXONA QOʼMITASI RAISI - FARGʼONA DAVLAT UNIVERSITETIDA

15:51, 01.04.2025      


Bojxona Qo'mitasi Raisi Akmalxoʼja Mavlonov Farg'ona davlat universitetida ziyo ahli - oliygoh jamoasi, professor-oʼqituvchilar hamda talaba-yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazdi.

Uchrashuv davomida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ta'lim investitsiyasi ijrosi, ilmni eksport qilish, integratsiyalash, oliy taʼlimda xorijiy aloqalar, akademik almashinuv kabi masalalar, iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi imkoniyatlar, o'zgarishlar, universitetda amalga oshirilayotgan yangi ilmiy va innovatsion loyiha va dasturlar, yozgi oromgohlar tashkil etilishi masalalari muhokama qilindi.

Bu borada oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov Farg’ona davlat universitetida olib borilayotgan ishlar bilan mehmonni atroflicha tanishtirib oʼtdi.

Muloqot chog'ida Bojxona Qoʼmitasi raisi shu fayzli, obod dargohda - Farg’ona davlat universitetida ta'lim olganini oʼzgacha gʼurur bilan taʼkidlab oʼtdi va bundan faxrlanishi, talabalarga ham shunday ulugʼ maskanni qadrlashni uqtirdi.

Samimiy ruhda davom etgan suhbatlar, oʼzaro savol-javoblarda professor-oʼqituvchilar, talabalar tomonidan turli taklif va tashabbuslar ham bildirildi.

Shuningdek, tadbir yakunida oliygoh bilan faol hamkorlik olib borayotgan hamda mashaqqatli tizimda oʼzining fidokorona faoliyati bilan yoshlarga ibrat koʼrsatayotgan A.Mavlonovga - hurmat va minnatdorlik ramzi sifatida Farg’ona davlat universitetining "Faxriy professor" unvoni taqdim etildi.