Bugungi kunda zamonaviy koʻnikma va bilimlarni egallashda jahonning ilgʻor va tajribadan o‘tgan usullarini milliy o‘qitish tizimiga joriy etsih ijobiy samara bermoqdi. Taʼlim beruvchi zamonaviy koʻnikmalarni oʻrgatishda qanday usul yoki uslubda olib bormasin, sifat va natijaga xizmat qilishi zarur. Shunday sifatli mexanizmlardan biri CLIL texnologiyasidir.
Farg’ona davlat universitetida bo’lib o’tgan dissertatsiya himoyasida ushbu mavzu keng muhokama qilindi. Unda, Chet tillari fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi o'qituvchisi Tashmatova Gulnara Rafailovnaning 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Nofilologik yo'nalishi talabalarining kasbiy kommunikativ kompetensiyasini CLIL texnologiyasi asosida rivojlantirish metodikasi ” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi Farg'ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda muhokama qilinib, keyingi bosqichga tavsiya qilindi.