Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO MUNOSABATLAR

11:38, 16.04.2025      

Fargʻona davlat universitetida xalqaro tajribaga asoslanib, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy talablarga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, o‘qitish jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish, innovatsion yondashuvlarni shakllantirish va joriy etish ustuvor vazifalardan bo‘ldi.

Pedagog kardlarni ilmiy salohiyatini va raqobatbardoshliginirivojlantirish maqsadida Agrar qoʻshma fakultetining professor o’qituvchilari va talabalari Qirg‘iziston Respublikasining Batken davlat universitetiga akademik almashinuv doirasida yetib bordilar va dars mashgʻulotlarini boshladilar.

Oliygohda amalga oshirilayotgan akademik almashinuvlar talabalarga sifatli va maqsadli ta’lim berishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, o‘quv jarayonini tizimlashtirish va zamonaviylashtirishga qaratilgan bu o‘zgarishlar bo’lajak kadrlarni tanlagan sohasi bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni keng egallash imkonini beramoqda. Shu bilan birga, yangi o‘quv reja va dasturlari asosida o‘qitish orqali yoshlarning mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.