Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY XABAR

08:19, 22.04.2025      

Filologiya fakulteti rus tili metodikasi kafedrasi o'qituvchisi Nizomiddinova Zulayxo Abduazizovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha

"Rus va o’zbek muloqoti gender aspektlarining qiyosiy tadqiqi (yoshlar nutqi asosida)" mavzusidagi filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya himoyasi bo’lib o’tdi.

Himoya jarayoni yuqori ilmiy saviyada, konstruktiv ruhda o‘tdi. Dissertant o‘zining ilmiy ishining asosiy mazmuni, metodologiyasi va erishilgan natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi hamda Ilmiy Kengash a’zolarining savollariga to‘liq va asosli javoblar qaytardi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovozi bilan Nizomiddinova Zulayxo Abduazizovnaga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi