Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

"MEN SEVGAN XORIJIY ASAR"

08:40, 22.04.2025      

Farg‘ona davlat universitetida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Kitobxonlik haftaligi-2025" doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida "Men sevgan xorijiy asar" kitobxonlik tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, ularning badiiy tafakkurini rivojlantirish va mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan mazkur tanlovda turli fakultetlardan iqtidorli talabalar faol ishtirok etdilar.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan xorijiy adabiyot namunalari hakamlar hay’ati tomonidan adolatlilik va xolislik tamoyillari asosida baholandi. Talabalarning asarni tahlil qilish qobiliyati, o‘z fikrlarini ravon va lo‘nda bayon eta olish mahorati, shuningdek, asarning g‘oyaviy-badiiy qiymatini ochib bera olish darajasi inobatga olindi.


Natijalarga ko‘ra, tanlovning universitet bosqichida quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:

1-o‘rin: Chet tillari fakulteti Filologiya va tillarini o‘qitish: Ingliz tili yo‘nalishi 1-bosqich 24.107-guruh talabasi Yunusalieva Robiaxon Abdusalim qizi o‘zining chuqur tahlili va notiqlik mahorati bilan hakamlar hay’atini lol qoldirdi.

2-o‘rin: Filologiya fakulteti O‘zbek tili yo‘nalishi 2-bosqich 22.85-guruh talabasi Ikromova Maxfiratxon Ikromjon qizi tanlangan asarga bo‘lgan shaxsiy munosabati va uni yetkazib bera olish qobiliyati bilan ajralib turdi.

3-o‘rin: Mazkur faxrli o‘rinni ikki nafar talaba bo‘lishib oldi:

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili yo‘nalishi 2-bosqich 23.102-guruh talabasi Mahammadalieva Mavrabonu Oybek qizi o‘zining adabiy bilimdonligi va tahliliy yondashuvi bilan e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Iqtisodiyot fakulteti, Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishi 1-bosqich 24.133-guruh talabasi Raxmonov Dilshodbek Rajabali o‘g‘li nofilologik yo‘nalish vakili bo‘lishiga qaramay, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi va asarni tushunish chuqurligi bilan hayratlantirdi.

G‘olib talabalar universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

"Kitobxonlik haftaligi-2025" doirasidagi bunday tadbirlar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni kitob o‘qishga rag‘batlantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Universitet kelgusida ham bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishni davom ettiradi.