Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO AKADEMIK ALMASHINUVLAR

08:46, 22.04.2025      

Xalqaro QS reytingida 621-oʼrinda turuvchi Muxtor Аvezov nomidagi Janubiy Qozogʼiston tadqiqotlar universiteti qozoq tili kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Madaliev Yarmuhammad Xudaybergenovich 10 kun mobaynida o'quv mashg‘ulotlarini olib boorish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetiga tashrif buyurdi.

Ushbu o’quv mashg’ulotlarining tashkil etilishi xalqaro aloqalarini mustahkamlash hamda professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar o’rtasida xalqaro innovatsion pedagogik tajribalarini almashishga qaratilgan muhim qadam bo’ldi.

O’quv mashg’ulotlari davomida Muxtor Аvezov nomidagi Janubiy Qozogʼiston tadqiqotlar universiteti qozoq tili kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Madaliev Yarmuhammad Xudaybergenovich bilan Filologiya fakulteti o’rtasida kelgusidagi ilmiy hamkorliklarini yanada kuchaytirish masalalarida muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar natijasida ikki universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan qo‘shma ilmiy maqolalar va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash, zamonaviy darsliklarni yaratish kabi bir qator muhim kelishuvlarga erishildi.