Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

AFSONAVIY BOKSCHI BILAN UCHRASHUV

09:00, 22.04.2025      

Sport faoliyati fakultetida unutilmas uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mashhur bokschi,jahon chempionati sovrindori, murabbiy va jamoat arbobi Vladimir Nikolayevich Shin fakultetga tashrif buyurdi.

Talabalar bilan bo'lib o'tgan samimiy suhbat chog'ida Vladimir Nikolayevich Shin sportdagi boy tajribasi, yutuqlari, shogirdlari — Olimpiada va jahon chempionlari haqida hayajon bilan so‘zlab berdi.

Xususan, Vladimir Nikolayevich Shin1954-yil 19-avgustda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida Koreyadan kelgan muhojirlar oilasida tug‘ilgani, bolaligidanoq boks bilan faol shug'ullangan, yoshlik yillarida bir qator sovrinli turnirlarda ishtirok etib “Yosh champion” nomini olgani yosh sportchilarda xavas xissini oshirdi.

O‘zbekiston chempionati va S.L.Jekson xotirasiga bag‘ishlangan turnirda qo‘lga kiritgan bronza medallari unga kattalar o‘rtasida respublika terma jamoasidan mustahkam o‘rin olish imkoniyat eshiklarini ochish bilan birga uning 25 yoshida Yevropa chempionatining oltin medal sohibga aylanishi uchun zamin yaratgani hamda boksda erishgan yutug’lari, umumiy rekordida 220ta jang bo’lib, 197 tasi g’alaba bilan yakunlangani haqida to’lqinlanib so’zladi.

Shuningdek, murabbiylik sohasida,1996-yilda Osiyo havaskor boks federatsiyasi vitse-prezidenti etib tayinlangani va boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini boshqargani, murabbiylik davrida u Vyacheslav Yanovskiy, Ruslan Chagaev, Artur Grigoryan, Oleg Maskaev, Muhammadqodir Abdullaev kabi mashhur bokschilar bilan hamkorlik qilgani, 2000-yilda O‘zbekiston terma jamoasini Sidneyda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlariga olib borib, jamoasi ikkita bronza va bitta oltin medalni qo‘lga kiritganini faxr bilan esga oldi. Afsonaviy bokschi Vladimir Nikolayevich Shin bilan bo’lib o’tgan unutilmas uchrashuv sportchilarimizning kelgusidagi musobaqalarida katta motivatsiya bo’lishiga ishonamiz.