Farg'ona viloyatining Farg'ona shahrida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqaning Respublika (U11 - U19) uchrashuvi bo’lib o’tmoqda.
Ushbu musobaqaga respublikamizning barcha hududlaridan yosh sportchi qizlar hamda o‘g‘il bolalar ishtirok etmoqda. Bahslarni O‘zbekiston Stol tennis federatsiyasi tomonidan tayinlangan malakali hakamlar jamoasi boshqarib bormoqda. Xalqaro stol tennis qoidalariga asosan o‘tkazilayotgan stol tennis bahslari qizg‘in va murosasiz kechmoqda. Ushbu murosasiz kechayotgan baxslarda Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti 1 - bosqich talabasi Qodirova Shoiraxon sportning stol tennisi turi bo`yicha U-19 O’zbekiston chempionatida faxrli 1 - o'rinni qo'lga kiritdi.
Qizg’in tarzda o’tayotgan musobaqada respublika va Xalqaro turnirlarda ishtirok etib g‘olib bo‘lgan raketka ustalari ham ishtirok etmoqda. Ular ishtirokida murosasiz bahslar esa yoshlar uchun mahorat saboqlari vazifasini ham o‘tamoqda.