Xalqlar o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro ishonch tuyg‘usini mustahkamlashda adabiyot va madaniyat muhim ahamiyat kasb etadi. Buni birgina o‘zbek-qirg‘iz adabiy aloqalarida ham ko‘rish mumkin.
Farg’ona davlat universitetining “Study at FerSU” akademik almashinuv dasturi doirasida Filologiya fakultetiga O'sh davlat universiteti hamda Qizil-qiya gumanitar-pedagogika institutining 23 nafar talabalari tashrif buyurdi.
ushbu talabalar Farg'ona davlat universitetida bir oy mobaynida mobil ta'lim dasturi asosida o'quv mashg'ulotlarida qatnashadilar.
Tashrifning birinchi kuni O'sh davlat universiteti talabalari tashabbusi bilan "SAMARDAN: qiz-jigit o'yini" nomli adabiy-badiiy do'stlik oqshomini tashkillandi.Ushbu kechada qirg’iz milliy qo’shiq va aytishuvlari, lapar va dostonlari talabalar tomonidan ijro etildi.
Qardosh talabalar ishtirokida o‘tkazilayotgan adabiy-madaniy tadbirlar talaba-yoshlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni oltin ko‘prikka aylantiradi.