Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon miqyosidagi ilmiy hamkorlik doirasida Hindistonning Bilaspur shahridagi Times Higher Education (THE) xalqaro reytingiga kiruvchi Central University hamda QS reytingidagi Jawaharlal Nehru University (JNU) bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etib, o‘z tadqiqot natijalarini taqdim etmoqdalar.
Mazkur konferensiya doirasida Tarix fakulteti rahbari professor A.Qodirov "Markaziy Osiyo va Hindiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarning tarixiy ildizlari" mavzusida, professor D.Norboyev "Sovet davrida hind-ozarbayjon tarixiy munosabatlari" mavzusida hamda dotsent Sh.Rasulov "Hindiston mustamlakachiligi davrida O‘zbekiston madaniyati ta’siri" mavzularda ma’ruzalar qilmoqda.
Har bir ma’ruza xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi va dolzarb muammolarni yoritishdagi yangi yondoshuv sifatida e’tirof etildi.
Professor-o‘qituvchilarning ta’kidlashicha, konferensiyada taqdim etilayotgan ilmiy tadqiqotlar Markaziy Osiyo va Hindiston o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbir doirasida o‘tkazilayotgan maqola almashinuvi, ochiq muzokaralar va panel muhokamalarida ishtirok, kelgusidagi qo‘shma ilmiy loyihalar uchun poydevor yaratmoqda.
Konferensiya tashkilotchilari — Hindistonning yuqori reytingli Central University va Jawaharlal Nehru University vakillari – O‘zbekistonlik olimlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga intilmoqda.
Ular kelgusida ustuvor yo‘nalish sifatida o‘rta asr savdo yo‘llari, fan va madaniyat sohalarida qo‘shma tadqiqotlarni olib borishga kelishdilar.
Tadbir yakunida qatnashchilar uchun diplom va sertifikatlar topshiriladi. Shuningdek, konferentsiya davomida e’lon qilinadigan qo‘shma antologiya va ilmiy to‘plamga Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilarining maqolalari kiritilishi rejalashtirilgan.
Tarix fakulteti jamoasi mavzularni chuqur tahlil qilish, zamonaviy tadqiqot metodlarini qo‘llash va xalqaro bahs-munozaralarda faol ishtirok etish orqali mamlakatimizning ilmiy salohiyatini dunyo miqyosida namoyish etmoqda.