Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI JAMOASI – BOJXONA INSTITUTIDA

13:32, 23.04.2025      

Universitet faoliyatini yanada takomillashtirish va sohani raqamlashtirishda bojxonadagi tajriba va mavjud amaliyotni yaqindan o‘rganishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Bu borada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, innovatsion tajribalarni almashish hamda o’zaro ilmiy-pedagogik hamkorliklarnikeng yo’lga qo’yish maqsadida Bojxona institutiga Farg'ona davlat universiteti professor - o'qituvchilaridan iborat delegatsiyatashrif buyurdi.

Bojxona qo‘mitasining Bojxonainstituti hamdaFarg‘ona davlat universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumi asosan, aniq amaliy ishlarga kirishildi.

Shuningdek, Poytaxtimizda mehmon boʼlib turgan Fargʼona davlat universiteti delegatsiyasiBojxona qoʼmitasiga tashrif buyurib, tadbirlarda ishtirok etishmoqda.

Bojxona institutidagi taʼlim jarayonlarini bojxona tizimini raqamlashtirish borasidagi amaliyot bilan uygʼun ravishda olib borish maqsadida Bojxona qoʼmitasida tashkil qilingan “Raqamlashtirish, taʼlim va amaliyot kampusi” jamoadoshlarimizda katta qiziqish uygʼotdi.

Davra suhbatida tomonlar oliy oʼquv yurtlarida yangi ilmiy va innovatsion loyihalarni joriy qilish hamda xorij tajribasini amaliyotga tatbiq etish kabi masalalari muhokama markazida bo’ldi.

Shuningdek, istiqbolda Fargʼona davlat universitetida “Bojxona ishi” taʼlim yoʼnalishini ochish imkoniyatlari ham koʼrib chiqildi.