Ta’limning davlat darajasidagi e’tibori, keyingi yillarda iste’dodlar makoni boʻlgan Oʻzbekistonimizda oʻzining salmoqli samaralarini bermoqda. Bu oʻrinda yosh avlodimiz vakillarining nufuzli madaniyat va fan-ta’lim anjumanlarida faol qatnashib yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritib kelayotganliklarini eslashimiz mumkin
Xususan, Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahridagi L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo Milliy universitetida ilmiy-pedagogik muassasalar o‘rtasida "Eng yaxshi yosh olim" xalqaro tadqiqot tanlovida Farg’ona davlat universitetining Maktabgacha ta’lim mutaxassisligi (Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi) magistranti Gafarova Liliya Sergeyevna, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari ilm-fan rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan yeng yaxshi yosh olimlar qatorida “Eng yaxshi yosh olim” xalqaro loyihasiga qabul qilinib, faxrli o'rinni egalladi va 1-darajali diplom va medal bilan taqdirlandi.