Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 415
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 318
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

"CHET TILLARI VA ADABIYOTINI O‘QITISHDAGI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

15:08, 23.04.2025      

Amaliy ingliz tili hamda Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan “Chet tillari va adabiyotini o'qitishdagi zamonaviy yondashuvlar”mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Anjumanda Amerikaning Vebstar universiteti, Malayziyaning Ilm-fan universiteti (USM), Qirg‘iziston Respublikasining Osh davlat universiteti, Osh davlat pedagogika universiteti, Batken pedagogika universitetining Qizilqiya filiali va respublikamizning nufuzli Oliy ta'lim muassasalari professor- o'qituvchilari hamda taniqli olimlar va tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Mazkur anjumanda ishtirokchilarning madaniyatlararo muloqotni o‘qitishda lingvodidaktikaning zamonaviy yondashuvlari va innovatsion modellari, qiyosiy va chog’ishtirma tilshunoslik hamda tarjimashunoslikka doir dolzarb muammolar va ularning yechimlari, adabiyotshunoslik sohasiga oid tadqiqotlardagi yangi tendensiyalar, shuningdek xorijiy tillardan saboq berishga tegishli xalqaro hamkorlikka oid dolzarb masalalar yoritilgan ilmiy ma'ruzalari eshitilib muhokama qilindi.