Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

YANGI MUVAFFAQIYATLAR

10:01, 25.04.2025      

Toshkent shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali yoshlar, muhandislar va ixtisoslashgan mutaxassislar uchun haqiqiy tantanaga aylandi.

Festival doirasida yoshlar tomonidan yaratilgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va muhandislik ishlanmalari namoyish etildi.

Festival doirasidagi muhim tadbirlardan biri — sanoat korxonalari muammolariga yechim topish maqsadida oʻtkazilgan hakaton boʻldi. 50 nafar yosh ishtirokchi agrar sohadagi dolzarb muammolarga innovatsion yondashuv orqali yechimlar taklif qilishdi.

Ushbu xalqaro festival doirasidagi "Sanoat korxonalarining muammolariga qaratilgan HAKATON" musobaqasida Farg’ona davlat universitetining Fizika - matematika fakulteti 22.12-guruh talabasi A. Nazirov "Sun’iy intellekt yordamida issiqxonalarda meva-sabzavotlar suvsizligi va kasalligini aniqlash- Diagnostic AI" loyihasi bo'yicha ishtirok etdi va faxrli 3- o'rinni egalladi!