Xalqaro pedagogik hamkorlik doirasida Tabiiy fanlar fakultetining Zoologiya kafedrasi, Umumiy biologiya kafedrasi hamda Geografiya kafedrasi professor-o'qituvchilar Xalqaro QS reytingida 261-oʼrinda turuvchi O'sh davlat universitetida bo'ldilar.
Tashrif davomida ular bilan hammualiflikda darslik, o'quv qo'llanma, monografiya, maqolalarni chop ettirish, yosh tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qilish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, universitetning O‘sh davlat universiteti bilan talabalar akademik mobilligi to‘g‘risidagi hamkorlik shartnomasiga asosan, Farg’ona davlat universutetining Tabiiy fanlar fakulteti, Geografiya yo‘nalishining talabalari O'sh davlat universitetiga tashrif buyurdilar.
Ular xalqaro akademik almashinuvlar doirasida “Tabiiy fanlar, turizm va agrar texnologiyalar” fakultetining Geografiya yo‘nalishi bo’yicha olib borilayotgan dars mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.