Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

BIZNING SPORTCHI TALABALAR!

15:41, 04.06.2025      

Tailandning Bangkok shahrida bo’lib o’tayotgan sportning boks turi bo’yicha “Thailand Open” xalqaro turniri o’z yakuniga yetdi.

Ushbu turnirda o’zbekistonlik 9 nafar bokschilar finalda ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritdilar. Finalda O’zbekiston terma jamoasi 5ta oltin, 4ta kumush va 7ta kumush medalni qo’lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o’rinni egallab, turnir g’olibiga aylandilar.

Mazkur nufuzlimusobaqadaishtirok etgan Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi Toirova Oyishaxon Tailandning Bangkok shahrida «Thailand open» xalqaro turnirda sportning boks turi bo'yicha bronza medal sohibasi bo'ldi.

Shuningdek, viloyatimizda kelinayotgan Oltin vodiy open xalqaro turniri faol ishtirok etgan sportchimiz Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich 22.51 guruh talabasi - Saidalimov Yosinxon final bosqichida qatnashib faxrli 1-o‘rinni egalladi va oltin medal sohibiga aylandi.

Talabalarimizning ushbu yutuqlari oliygohda ta’lim olayotgan barcha yoshlarga faxr va katta motivatsiya bo’lishiga ishonamiz.