Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 337
  • Ko`rib chiqilganlar 298
    • Takliflar 49
    • Arizalar 253
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 39

XALQARO HAMKORLIK

11:16, 11.06.2025      

Farg’ona davlat universitetining yana bir ishonchli hamkori hisoblangan Shimoli g'arbiy universitetning Madaniy meros institutining professori, Buyuk ipak yo'li hamkorlikdagi arxeologik tadqiqot markazi bosh ilmiy hodimi - Wang Jianxin boshchiligidagi delegatsiya Farg’ona davlat universitetiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif har ikki oliy ta'lim muassasasi uchun yangi hamkorlikni boshlab berdi.

Universitet rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov hamda delegatsiya a’zolari Madaniy meros instituti professori, Buyuk ipak yo'li hamkorlikdagi arxeologik tadqiqot markazi bosh ilmiy hodimi - Wang Jianxin bilan olib borilgan muzokaralarda Xitoy investorlari tomonidan Farg’ona davlat universitetga kiritiladigan invistitsiyalar hajmini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan Farg'ona davlat universiteti va Shimoli g'arbiy universitet o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, arxeologik tadqiqot olib borishni zamonaviy darajada tashkil etish bo'yicha birgalikda faoliyat olib borishdan iborat.