Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yoʼlga qoʼyildi. Loyiha doirasida 1 iyundan 30 avgustgacha maktab oʼquvchilari, oliy ta’lim muassasalari yoshlari hamda uyushmagan yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish, ularni sogʼlomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish boʼyicha keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Farg’ona davlat universiteti rahbari boshchiligida 2025 yil 15 may kuni muhtaram Prezidentimiz rahbarligida bo'lib o'tgan maktab ta’limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar yuzasidan rektor yig'ilishi bo’lib o’tdi.
Mazkur yig’ilishda yozgi ta'til davrida talabalar bo'sh vaqtini mazmunli tashkillash va ular faoliyatini nazoratga olish, kasbiy rivojlantirishga ko'maklashish, yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda dual ta'lim shakliga asoslangan tanishuv, ishlab chiqarish amaliyotini olib borish hamda sportning barcha turlari bo’yicha musobaqaqalarni tashkillash, kitobxonlik, mahorat saboqlari, ko’rgazma va ijodiy to’garaklar, teatr hamda yurtimizning diqqatga sazovor joylariga turistik sayohatlarni tashkil etish kabi muhim vazifalar belgilab olindi.
Ta’kidlash joizki, ushbu “Dolzarb 90 kun” dasturi yozgi ta’tilni nafaqat dam olish, balkiyoshlar uchun o’sish, o’rganish, rivojlanish sar yo’l sifatida qaralayotganini ko’rsatmoqda. Mazkur tashabbus kelajak avlodning sog’lom, bilimli va faol bo’lib ulg’ayishi uchun muhim zamin yaratadi.