Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 337
  • Ko`rib chiqilganlar 298
    • Takliflar 49
    • Arizalar 253
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 39

ILMIY HIMOYA

15:57, 12.06.2025      

Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, ularni mustaqil ilmiy izlanishlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.06.2021.B.05.06 raqamli bir martalik Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.

Mazkur yig’ilishda Tabiiy fanlar fakulteti zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi o‘qituvchisi – Sharipova Barno Salimovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

Sharipova Barno Salimovnaning "Bo'lajak biologiya o'qituvchilarini o'quvchilarda bioetik bilimlarni shakllantirishga tayyorlash metodikasi" mavzusidagi ushbu ilmiy ishining dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, olingan natijalarning asoslanganligi va amaliy ahamiyati Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan alohida ta’kidlandi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovozi bilan Sharipova Barno Salimovnaga biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.