Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 337
  • Ko`rib chiqilganlar 298
    • Takliflar 49
    • Arizalar 253
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 39

GENERAL VA YOSHLAR UCRASHUVI

16:18, 12.06.2025      

Farg'ona davlat universiteti hamda Farg'ona viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi hamkorligida universitet talaba - yoshlari va viloyatimizdagi qizil toifaga kiruvchi yoshlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Tadbirni ochib bergan viloyat IIB boshlig'i general mayor Ikramov Azizbek Israilovich mamlakatimizda yoshlar ta'lim - tarbiyasiga berilayotgan e'tibor, mazkur masalaning davlat siyosati darajasiga ko'tarilib borayotgani, bugungi kunda respublika, qolaversa, xalqaro miqyosda erishilayotgan yutuqlar muhtaram Prezidentimizning oqilona siyosati va amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi ekanini ta'kidladi.

Yosh avlod ta'lim - tarbiyasi kelajak uchun juda muhim ekani, sog'lom va yetuk bilimli, mustaqil fikrli, intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalash eng asosiy vazifa ekani uqtirildi.

Tadbirda IIB Kinologiya xizmati hamda ichki ishlar tizimi xodimlarining maxsus ko'rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Yoshlarni kasb - hunarga yo'naltirish, ish bilan ta'minlash, ommaviy kitobxonlikni targ'ib qilish, oliy ta'limga rag'batlantirish maqsadida universitet alleyasida mehnat yarmarkasi, hunarmandlar savdo yarmarkasi, kitoblar ko'rgazmasi, huquqiy maslahat maydoni, ko'chma tibbiy punkt tashkil etildi.

Shuningdek, oliy ta'limga o'qishga kira olmagan yoshlarning texnikum va kasb-hunar maktablariga kirishiga ko'maklashish uchun maslahat maydoni tashkil etildi.

Oliygohning katta majlislar zalida General va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda yoshlarni huquqiy sohada qiynab turgan muammolar, yoshlar orasidajinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini oldini olishga qaratilayotgan chora-tadbirlar xususida so'z bordi.



Uchrashuvda universitet rektori - Bahodirjon Shermuhammadov bugun yoshlar uchun juda katta imkoniyatlar yaratilgani, xususan, oliy ta'limda o'qish istagida bo'lgan yoshlar uchun universitet eshiklari ochiq ekanini aytib o'tdi.

Suhbat davomida yoshlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berilib, taklif va tavsiyalar yuzasidan kerakli topshiriq va vazifalar belgilandi hamda faol ishtirok etgan yoshlar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Uchrashuv so'ngida universitetning "Qatag'on qurbonlari" muzeyiga ekskursiya tashkil etildi va oliygohning bugungi faoliyati, tarixiga oid ma'lumotlar bilan yaqindan tanishildi.