Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 337
  • Ko`rib chiqilganlar 298
    • Takliflar 49
    • Arizalar 253
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 39

ILMIY XABAR

14:59, 13.06.2025      

Farg'ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2021.B.05.07 raqamli Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.

Unda Fizika-matematika fakulteti, Texnologik ta'lim kafedrasi o'qituvchisi – Xojikarimova Gulasal Tadjialiyevna o’zining 13.00.02- Ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta'lim) ixtisosligi bo'yicha"Integrativ yondashuv asosida bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarini maxsus kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi" mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishini yuksak darajada himoya qildi.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning chuqurligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuqori baholandi.

Himoya yakunida ilmiy kengash a’zolari bir martalik ilmiy kengashda 100%ovozbilan Xojikarimova Gulasal Tadjialiyevnaga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.