Farg’ona davlat universitetining Xalqaro hamkorliklari doirasida universitetning Tabiiy fanlar fakultetiga Rossiya Fanlar akademiyasining A.N. Nesmeyanov nomli Moskva elementorganik birikmalar ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, kimyo fanlari doktori Davydova Nadejda Konstantinovna universitetimiz Kimyo kafedrasiga ilmiy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalarni amalga oshirish, patentlash faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida ikki tomonlamashartnomalar imzolandi.
Mazkur hamkorlik shartnomalari oliygoh ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirishda yangi va samarali bosqichini boshlab berish bilan birga ikki mamlakat yoshlarining o‘zaro tajriba almashishi va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga ham xizmat qilishiga ishonamiz.