Farg'ona davlat universitetida muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "Dolzarb 90 kunlik" loyihasidagi vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Farg'ona shahrida joylashgan mahallalar raislari, Farg'ona yoshlari va maktab o'quvchilar ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Bunda tashrif buyurgan ishtirokchilarga sportning volleybol, basketbol, tennis, kurash, futbol, mini futbol turlaridan tashkil etilgan sog'lomlashtirish to'garaklari, yangi, zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan trenajor zallari, suzish havzasi va futbol maydoniga ega, barcha sharoitlarni o'z ichiga olgan muhtasham sport sog'lomlashtirish majmuasi faoliyati tanishtirildi.
Universitetning "Qatag'on qurbonlari" muzeyiga sayohat qilgan maktab o'quvchilari va mahalla yoshlari mazkur muassasaning bir asrlik tarixi, farg'ona ziyolilari, ilm - ma'rifat fidoiylari haqida qiziqarli bilimlarga ega bo'ldilar.