Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 337
  • Ko`rib chiqilganlar 298
    • Takliflar 49
    • Arizalar 253
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 39

INFORMATIKA – GLOBAL TARAQQIYOT ASOSI!

15:47, 14.06.2025      


Farg’ona davlat universiteti mintaqaviy markazida “Informatika va axborot texnologiyalari” yo‘nalishi tinglovchilari uchun “Informatika fanining jahon miqyosidagi o‘rni va uni rivojlantirish g‘oyalari” mavzusida navbatdagi xalqaro onlayn seminar tashkil etildi.

Seminar mehmoni — Qirg‘iziston Respublikasi Osh Davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari oliy maktabi o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, “Turkiy tilli mamlakatlar integratsiyasi” kafedrasi dotsenti, f.f.n. O‘rozov Maqsadbek O‘murbekovich bo‘ldi.

Seminarda informatika fanining bugungi kundagi global ahamiyati, zamonaviy texnologiyalarning ta’limga integratsiyasi, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda xalqaro tajribalardan foydalanish masalalari yoritib berildi.

Tinglovchilar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.