Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 337
  • Ko`rib chiqilganlar 298
    • Takliflar 49
    • Arizalar 253
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 39

TALABALAR TURIZMI

16:04, 14.06.2025      

Ta’lim turizmi rivoji mamlakat taraqqiyotiningmuhim bo’g’inlaridan biridir. Sayohatlar iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch bo‘lish qatorida sayohatchilarning dunyoqarashni kengaytiradi, insoniy qadriyatlar, shaxsiy tajriba, hissiyotlarni rivojlantirishga ham undaydi.

Ta’lim turizmi esa turizmning ushbu ikki jihatini birlashtiruvchi shaklidir. Yurtimizda ta’lim turizmi paydo bo’lishi ko’p asrlar ilgari vaqtlarga borib taqaladi.

Markaziy Osiyoda “Oltin davr” deb yuritiluvchi asr, Buyuk siymolarimiz yetishib chiqqan davrlar ta’lim turizmining gullab yashnagan davri deyish mumkin.

Muhtaram yurtboshimizning tashabbuslari bilan bugungi kunda ushbu tarixiy ana’analar qayta tiklanmoqda. Yoshlarimiz o’zlariga yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlarni aslo qo’ldan boy berayotgani yo’q.

Xususan, Farg’ona davlat universiteti talabalaridan tashkil topgan “Faol yoshlar jamoasi” turizm shiori ostida yurtimizning diqqatga sazovor tarixiy-me’moriy obidalariga sayohatlar tashkillab ajdodlarimizdan qolgan me’roslarini o’rganmoqdalar. Sayohat davomida ular Qo’qon shahrida joylashgan “Xudoyorxon O’rdasi”da bo’lib, xonlik davriga doir ma’daniy yodgorliklar va shu davr ijtimoiy-ma’naviy muhit haqidagi qimmatli bilimlarga ega bo’ldilar.