Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FILOLOGIYA FAKULTETIDA REKTOR YIG'ILISHI

14:29, 16.06.2025      

Universitetda Filologiya fakulteti faoliyatini kompleks o'rganish natijalari yuzasidan tanqidiy yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish kun tartibidan fakultetdagi kafedralar faoliyati, ilmiy tadqiqod ishlarini tashkil etilishi, fakultet ilmiy salohiyati, Нemis dasturidagi yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish,shaxsiy ish rejalar,ma'naviy- ma'rifiy ishlarni olib borilish holati, to'garaklar faoliyati, tyutorlar faoliyati, ichki turizm,iqtidorli yoshlarni qo'llab - quvvatlash, nomdor stipendiatlar tayyorlash, talabalar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi dolzarb masalalar o'rin oldi.

Shuningdek, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 43-sonli bayonida belgilangan topshiriqlarijrosini ta'minlash maqsadidauniversitetda giyohvandlik va jinoyatchilikning oldini olish, axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish, ta’lim sifati va tarbiyani kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Yig'ilish davomida fakultet talabalari orasida o'tkazilgan anonim so'rovnoma natijalari tahlil qilindi. Fakultet jamoasi birdamlikda olg'a borishi va yuqori natijalarga erishish uchun bir - biriga ko'mak berishi lozimligi uqtirildi.

Har bir ziyoli, ayniqsa, filologlar tafakkur me'mori, insoniylikni eng yaxshi anglaydigan, ma'naviyatni yaratadigan xalqdir. Talabalarni yuksak marralarga ilhomlantirish, kitob o'qishga rag'batlantirish tilshunos va adabiyotshunos olimlar oldida turgan vazifalardan biridir. Zero, bugungi o'tish davrida ko'p kitob o'qigan millat, o'z ustida ishlaydigan ziyoli, ilmga chanqoq, intiluvchan yoshlar mamlakatni farovon, yurtni obod qiladi, - deya ta'kidladi universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov o'z so'zida.

Yig'ilish yakunida ishchi guruh maʼlumotnomasida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha fakultetda yo'l xaritasi tuzish va tegishli chora - tadbirlarni amalga oshirish ishlari belgilab qo'yildi.