Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

MAGISTRATURA BO’LIMIDA BITIRUV MALAKA ISHI HIMOYASI

14:32, 16.06.2025      

Oliy ta’limda yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda bitiruv malakaviy ishining o‘rni beqiyosdir.

Ayni kunlarda Farg’ona davlat universitetida ham bitiruvchi bosqichlar uchun bitiruv malaka ishi himoyasi jarayonlari davom etmoqda.

Xususan, magistratura bosqichi bitiruvchi talabalarining bitiruv malaka ishi Filologiya fakultetining Lingvistika: (o‘zbek tili) mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan magistrantlar dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Shuningdek, Tarix fakulteti Ijtimoiy ish va sotsiologiya kafedrasida 70920101-Ijtimoiy ish (yoshlar bilan ishlashni tashkil etish) mutaxassisligi hamda 70220301-Tarix (faoliyat va yo'nalishlar bo'yicha) bitiruvchi magistrantlarining dissertatsiya himoyasi o‘tkazildi.

Shu bilan bir qatorda Fizika-matematika fakulteti matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasida 70540101 - Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxassisligi bitiruvchi magistrantlarining dissertatsiya himoyasi o‘tkazildi.

Undamagistrant ishtirok etib, muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Ne’matjonov Furqatjon Farhodjon o‘g‘li “Properties of two-variable Mittag-Leffler functions” (“Ikki o'zgaruvchili Mittag-Leffler funksiyalarining xossalari”) hamda Maxmudjonova Shoxsanam Bahromjon qizi “Inverse problems for degenerate second-order partial differential equations” (“Buziladigan ikkinchi tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun teskari masalalar”) mavzusidagi magistrlik dissertatsiyalarini ingliz tilida tayyorlab himoya qildilar.

Bitiruvchilar tomonidan tayyorlangan bitiruv malaka ishlari zamonaviy hamda dolzarbligi jihatdan ahamiyatli ekanligi, yosh mutaxassislarning chuqur izlanishlari samarasidir.