Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY XABARLAR

14:39, 17.06.2025      

Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Turdaliyeva Dilfuza Soloxidinovnaning Farg'ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamliIlmiy kengashda

“O‘zbek xalq maqollarining pragmatik xususiyatlari” mavzusidagi 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya himoyasi o’tkazildi.

Turdaliyeva Dilfuza Soloxidinovnaning “O‘zbek xalq maqollarining pragmatik xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy ishi Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan chuqur va har tomonlama muhokama qilindi. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, olingan natijalarning asoslanganligi va amaliy ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovozi bilan Turdaliyeva Dilfuza Soloxidinovnaga filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.