Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILM-FAN SARI DADIL QADAM

13:00, 19.06.2025      


Fargʻona davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti huzuridagi Amaliy ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi Umarova Xurshidaxon Zikiryoxonovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

«O‘zbek va ingliz nasrida falsafiy-psixologik roman poetikasi (O‘ktam Usmonovning “Girdob” va Sol Bellouning “Gersog” romanlari misolida)»mavzusidagi dissertatsiya 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligiga oid bo‘lib, milliy va xorijiy adabiyotda falsafiy va psixologik romanlarning badiiy xususiyatlari, uslubiy yondashuvlari va poetikasini qiyosiy tahlil qilishga bagʻishlangan.

Dissertatsiya 2025-yil Fargʻona davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashda ko‘rib chiqilib, 100% ovoz bilan ma’qullandi. Bu natija Umarova Xurshidaxonning ilmiy izlanishlari yuksak baholanganini va dolzarb mavzuga o‘ziga xos yondashganini ko‘rsatadi.

Ushbu yutuq nafaqat muallimaning shaxsiy ilmiy muvaffaqiyati, balki fakultet jamoasi, kafedra va universitet nufuzini yanada oshiruvchi muhim bosqich bo‘ldi. Xurshidaxon Umarovaning tadqiqoti xalqaro miqyosda o‘zbek adabiyoti va ingliz adabiy maktabi o‘rtasidagi badiiy bog‘liqliklarni chuqur ochib beradi, hamda yosh tadqiqotchilar uchun yangi yo‘nalishlarga eshik ochadi.