Farg’ona davlat universitetida Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan tashkillangan “FARG‘ONA VODIYSI BIOLOGIK XILMA-XILLIGINI ASRASH VA “YASHIL” IQTISODIYOT TAMOYILLARINI JORIY ETISHDA BIOLOGIK TADQIQOTLARNING ROLI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.
Mazkur anjumanda "Markaziy Osiyo bioxilma-xillik markazi va undagi Tulipa L. turkumi", “O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob qisqichbaqasimonlar: Kessler qisqichbaqasi (Pontastacus kessler) va Orol yonsuzari (Turcogammarus aralensis) ning tarqalishi va taksonomiyasi”, "Биология вредители хлопчатника в Средней Азии и Меры борьбы с ними", "Проблемы охраны фитобиоты Туркестанской области", "Biodiversity's Role in Combating Climate Change: Innovations and Sustainable Solutions in Medicine, Food Systems, Drug Development, and Biofuel Technologies", "Global iqlim o‘zgarishlari sharoitida tangachaqanotli hasharotlarning tarqalish xususiyatlari" kabi qator dolzarb mavzularda ma'ruzalar tinglandi.
Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi - Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich;
Farg‘ona viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi boshlig‘iJumanov Baxromjon Azimovich;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti direktori, akademikTojiboyev Komiljon Sharofiddinovich;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti professori - Kuchboyev Abdurahim Ergashovich;
Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti biologiya kafedrasi mudiri - Asiya Duysengalievna Maimamatova;
M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining biologiya va geografiya kafedrasi mudiri, dotsent - Isaev Erjan Bolysbekovich;
Islomobodning Quaid-i-Azam universiteti Biologiya fanlari fakulteti Palinologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi direktori Muhammad Zafar, shuningdek, universitet rahbariyati, fakultet professor - o'qituvchilari,tadqiqodchilar va talabalar ishtirok etdilar.