Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY XABAR

14:46, 23.06.2025      


Farg’ona davlat universitetida quvonarli ilmiy xushxabarlar soni ortib bormoqda. Jumladan, oliygohning Chet tillari fakulteti, Chet tillari kafedrasi tadqiqotchisi Rahmonova Iroda Odilova o‘zining ilmiy salohiyatini yuksak darajada namoyon etib, Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli nufuzli ilmiy kengashda oʼz tadqiqot ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Iroda Odilovaning "Ingliz va o'zbek tillarida “food/oziq-ovqat” komponentli frazeologizmlar tadqiqi" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha taqdim etildi. Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning chuqurligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuqori baholandi.

Himoya yakunida ilmiy kengash a’zolari 100 foiz ovozbilan Rahmonova Iroda Odilovaga filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.