Farg’ona davlat universitetida talaba-yoshlar orasidan yangi iqtidor hamda iste’dod egalarini saralab olish maqsadida joriy etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi, nomli davlat hamda univеrsitet ichki nomdor stipendiyalari uchun talabgor talabalar bilan seminar tashkil etildi.
Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor va universitet ilmiy bo'limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi, nomli davlat hamda univеrsitet ichki nomdor stipendiyalariga hujjat topshirish tartibi va tanov bosqichlari bo'yicha maruza o'tkazildi.
Shuningdek, nomzodlarning"Stipendiya.edu.uz"tizimdan foydalanish, tizimga maʼlumotlarni kiritish, boshqarish jarayonlari, muddatlari va apellyatsiya berish tartibi haqida ma'lumotlar berildi.