Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“VATANGA QASAMYOD”

16:18, 23.06.2025      

Farg’ona davlat universitetining Harbiy ta’lim fakultetida kursantlarning "Vatanga qasamyod" tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. unda fakultetning 2- bosqichida taʼlim olayotgan 93 nafar kursantlar qasamyod qildilar!

Mazkur tadbirda universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov va Sharqiy harbiy okrug, fakultet rahbariyati, kursantlarning ota-onalari hamda talaba - yoshlar ishtirok etdilar.

Universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov tadbirni o'z kirish so'zi bilan ochib berar ekan, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatda ilgari surilayotgan yoshlar siyosati, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida alohida to'xtalib o'tdi.

Tadbirning tantanali qismi O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining tantanavor sadolari bilan boshlandi hamda Sharqiy harbiy okrugning harbiy orkestor jamoasi harbiy qorovul qoʼshinlari jangovar bayroq bo'linmasi tomonidan ishtirokchilarga musiqiy - harbiy chiqishlar namoyish etildi.

Shuningdek, tadbirda Farg'ona viloyati faxriylar kengashi vakillari hamda kursantlarning ota - onalari so'zga chiqib, vatanparvar farzandlarini samimiy tabrikladilar.