Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

BU - BIZNING TALABA!!!

15:53, 28.06.2025      

Toshkent shahrida – Turkiyaning nufuzli “Edibi Ko‘pru” (“Adiblar ko‘prigi”) antologiyasining taqdimotiga bag’ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda ikki davlat ijodkorlari, olimlar va adabiyotshunoslar ishtirok etdilar.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi madaniy aloqalari yanada kuchaytirishga qaratilgan ushbu konferensiya yurtimiz ijodkorlari va olimlari uchun muhim voqea bo’ldi. Sababi, endi o’zbek ijodkorlarining ijod mahsuli turk tilida Turkiyaning nufuzli to’plamlaridan joy egallay boshladi.

Quvonarlisi, hamkorlik doirasida mazkur nufuzli antologiyada O‘zbekistondagi 60 dan ortiq ijodkorlarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, mazkur toplamda nashr etildi. E’tirof etilgan maqola sohiblari orasida Farg‘ona davlat universitetining Filologiya fakulteti talabasi, yosh ijodkor Farxunda Mandonovaning “Suxandonlik va axborot yetkazish: nutqning ta’sirchanligi jurnalistikada qanday rol o‘ynaydi?” mavzusidagi publitsistik maqolalari o‘rin egalladi.