Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi nufuzli ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 raqamli Ilmiy kengash majlisining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Mazkur yig’ilishda Farg’ona davlat universiteti, Chet tillari fakulteti, Nemis va fransuz tillari kafedrasi o'qituvchisi - Jurayeva Shalolaxon Xusanboyevnaning10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi.
Dissertantning “O'zbek va fransuz tarixiy romanlarida davr va qahramon" (Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" va Prosper Merimening "Karl IX saltanatining yilnomasi" romanlari misolida) mavzusidagi ilmiy ishi yuqori ilmiy saviyada, konstruktiv ruhda o‘tdi hamda Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovoz bilan Jurayeva Shalolaxon Xusanboyevna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qildi.