Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY YUTUQLAR

15:17, 10.07.2025      

Ilm-fan – taraqqiyot poydevori. Farg‘ona davlat universiteti pedagogik salohiyatini yuksaltirish, yosh tadqiqotchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Ana shunday sa’y-harakatlarning amaliy samarasini bugungi ilmiy yutuqlardan ko‘rish mumkin.

Chet tillari fakulteti chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi — Alimjanova Mexrinsa Ibragimjanovna 13.00.02 – "Falsafiy ta'limda talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetentligini rivojlantirish metodikasi" mavzusidagi dissertatsiya ishi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun muvaffaqiyatli himoya o‘tkazdi.

Ilmiy ish Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ped.03/05.05.2023.Phd.166.01 raqamli Ilmiy kengashda ko‘rib chiqildi va 100 foiz ovoz bilan ma’qullandi.

Mazkur ilmiy tadqiqotda: Falsafiy ta’lim jarayonida madaniyatlararo muloqot kompetentligini shakllantirishning dolzarb jihatlari;

Talabalarning global madaniy muhitga moslashuvchanlik qobiliyatini oshirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar;

Oliy ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida muloqotga tayyor, ijtimoiy faolligi yuqori mutaxassislarni tayyorlash kabi muhim masalalarga chuqur e’tibor qaratilganligi bilan ahmiyatlidir.