Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“Dolzarb 90 kunlik”: TALABALARNI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH

14:34, 21.07.2025      

Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti hamda Kimyo kafedrasi tomonidan talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash maqsadida navbatdagi tashriflar tashkil etildi. Ushbu tashriflar “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida o‘tkazilib, yoshlarga kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va real ishlab chiqarish muhitini ko‘z bilan ko‘rish imkoniyatini taqdim etdi.

Xususan, Boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari Farg‘ona shahrida faoliyat yuritayotgan COMPUSS qo‘shma korxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar korxonadagi mavjud ishlab chiqarish liniyalari, texnologik jarayonlar va mahsulot turlari bilan yaqindan tanishdilar.

Korxona mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ularning sifati, bozordagi o‘rni va eksport salohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mehmonlar korxona ichki boshqaruv tizimi, mehnat muhitining zamonaviy talablarga mosligi va xodimlarning kasbiy malakasi bo‘yicha ham tasavvurga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, universitetning Kimyo kafedrasi tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” tashabbusi doirasida 3-bosqich talabalari uchun CAPITAL-YAR qo‘shma korxonasida amaliyot tashkil etildi. Ushbu tashrif davomida talabalar quyidagilar bilan tanishdilar:

Ishlab chiqarishning umumiy faoliyati va boshqaruv tizimi;

Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar;

Sifat nazorati va texnik xavfsizlik talablariga asoslangan zamonaviy texnologiyalar;

Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud ishchi liniyalar va texnologik jarayonlar.

Talabalar uchun korxona mutaxassislari tomonidan amaliy ko‘rgazmali mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bu esa ularga nazariy bilimlarni real amaliyot bilan bog‘lash, kasbga bo‘lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlash imkonini berdi.

Farg‘ona davlat universitetida olib borilayotgan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi nafaqat talabalarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, balki ularning kasbiy shakllanishiga, o‘z sohasidagi amaliy tajribani boyitishiga xizmat qilmoqda.