Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

BIZNING TALABA: O‘zbekiston kubogi g‘olibi!

15:51, 22.07.2025      

Yurtimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan bo’lib, bu borada yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish kuchaymoqda. Yoshlarga yaratilgan yuksak e’tibor esa ularning ijodiy, intellektual va ma’naviy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Xususan, Andijon viloyatida o‘tkazilgan yirik sport musobaqasida Farg‘ona davlat universiteti talabalari navbatdagi yutuqqa erishdi.

Ashixara karate sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogida Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Tilavoldiyeva Xushnoza o‘zining kuchli irodasi, mashaqqatli tayyorgarligi va mahorati bilan ajralib turdi.

U musobaqada barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va universitetimiz sha’nini munosib himoya qildi.

Ashixara karate – bu nafaqat jismoniy kuch, balki intizom, tezkorlik va strategik fikrlashni talab qiladigan sport turi. Bunday murakkab musobaqalarda g‘alaba qozonish esa sportchidan maksimal tayyorgarlik va sabr-toqatni talab qiladi.

Tilavoldiyeva Xushnoza — Jismoniy madaniyat fakultetining iqtidorli va faol talabasidir. U nafaqat sportda, balki o‘qish va jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib keladi. Uning bu yutug‘i boshqa talabalar uchun ham namuna bo‘lishi shubhasiz.