Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TEST SINOVLARI – KELAJAK UCHUN MUHIM BOSQICH

15:54, 22.07.2025      

Test sinovlari – bu nafaqat abituriyentlar bilimini sinash vositasi, balki ta’lim tizimida shaffoflik, adolat va raqobatbardoshlikni ta’minlovchi muhim bosqich hisoblanadi.

Test sinovlari har bir abituriyentning bilim darajasini an’anaviy, subyektiv baholashdan holi tarzda aniqlash imkonini beradi. Bu esa bilimli yoshlarning haqiqiy salohiyatini namoyon qilishiga imkon yaratadi.

So‘nggi yillarda test jarayonlarida kuzatuv tizimlari, videokuzatuv kameralar, kompyuterlashtirilgan tekshiruv tizimlari joriy etilgani natijasida imtihonlar ochiq, xolis va shaffof o‘tmoqda. Bu esa ota-onalar, abituriyentlar va jamoatchilik orasida ishonchni kuchaytiradi.


Ayni kunlarda Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari mamlakatimiz bo‘ylab izchil davom etmoqda. Farg‘ona viloyatida ham abituriyentlar orzu qilgan oliy ta’lim dargohlariga kirish yo‘lida jiddiy sinovdan o‘tmoqdalar.

Farg‘ona davlat universiteti Sport-sog‘lomlashtirish majmuasida tashkil etilgan test sinovlari yuqori darajada tashkil etilgan bo‘lib, abituriyentlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Testlar ikki smenada o‘tkazilmoqda:

Ertalabki smena — soat 08:00 da;

Kechki smena — soat 15:00 da boshlanadi.

Har bir smenada abituriyentlarning test jarayonlarini xolis va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida maxsus nazorat tizimi joriy etilgan. Kuzatuvchilar, test muassasasi xodimlari va huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida testlar muvofiq tashkil etilgan.

Imtihonlarda ishtirok etayotgan yoshlar kelajakdagi kasbini tanlash yo‘lida o‘z bilimlarini namoyon qilmoqda.