Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FarDUda kirish imtihonlari yuksak saviyada yakunlanmoqda

16:28, 23.07.2025      

Yurtimiz bo‘ylab oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘z yakuniy bosqichiga yetib keldi. Abituriyentlar uchun hayotlaridagi eng muhim sinovlardan biri – orzular sari dadil tashlangan qadam yakunlanmoqda. Farg‘ona davlat universitetida ushbu jarayon nafaqat yuqori tashkiliy darajada, balki mehr, e’tibor va ishonch bilan o‘tkazilib, yoshlarning kelajagiga zamin yaratmoqda.

FarDUning Sport sog‘lomlashtirish majmuasida tashkil etilgan test sinovlari erta tongda soat 08:00 da hamda kunduzi 15:00 da ikki smenada muntazam ravishda davom ettirildi. Ayniqsa, oxirgi kun — 10-kun barcha abituriyentlar uchun orzular sari yakuniy dadil qadami bo‘ldi. Har bir yosh bu sinovga katta tayyorgarlik, ishonch va hayajon bilan yondashdi.

Har bir test kuni — yuzlab orzular va mehnatlar jamlanmasi, har bir abituriyent – bilim yo‘lida qat’iy qaror qilgan fidoyi yosh. Universitet jamoasi esa ularning ushbu intilishida yelkadosh bo‘lishni o‘zining ustuvor burchi deb bildi.

Oxirgi kun ayniqsa yuqori tashkiliy ruhda, qat’iy tartib va iliq muhitda o‘tkazildi.