Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH

16:34, 23.07.2025      

Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu safar Mehribonlik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni bilim olishga, izlanishga va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar orasida ijtimoiy faollikni kuchaytirish, ularni o‘z ustida ishlashga, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga undash bo‘ldi. Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari mazkur mahallaga tashrif buyurib, yoshlarga bevosita hayotiy maslahatlar berishdi, o‘zlarining tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu tashabbuslar yoshlarning hayotga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirish, ularga maqsadli va ongli hayot tarzini shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda.