Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosati izchil amalga oshirilayotgani, ularning har tomonlama barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ayni kunlarda butun respublika bo‘ylab “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda o‘z ifodasini topmoqda. Ana shunday samimiy va mazmunli tadbirlardan biri Farg‘ona shahridagi “Cheksho‘ra” mahallasida joylashgan 45-maktab yozgi oromgohida bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuv Tarix fakultetining Jahon tarixi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkillashtirildi. Ularning tashrifi maktab o‘quvchilari uchun nafaqat yozgi oromgohdagi vaqtni mazmunli o‘tkazish imkonini berdi, balki ularni fikrlash, bilim olish, o‘zligini anglash sari undovchi muhim bosqich bo‘ldi.
Davra suhbati davomida professor-o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ochiq va sodda tilda suhbatlashishdi. Mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sohasidagi yangiliklar, grantlar, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar – barchasi bolalar qalbida kelajakka ishonch va intilish uyg‘otdi.